So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Rossiya yoqilg‘i tanqisligi sababli Hindistondan benzin import qilishga o‘tdi

Rossiya yoqilg‘i tanqisligi sababli Hindistondan benzin import qilishga o‘tdi

Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarbalari ortidan Rossiyada yonilg‘i inqirozi boshlandi. Moskva Hindistondan dengiz orqali benzin import qilishga o‘tdi. Bu haqda sohadagi manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Hozirda yonilg‘i yetishmovchiligi Rossiyaning barcha 11 ta vaqt mintaqasida yaqqol sezilmoqda. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar yuzaga kelib, narxlar rekord darajaga ko‘tarilgan va cheklovlar (limit) joriy etilgan. Kreml muqobil narxlarda yonilg‘i olib kirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistondan Rossiyaga allaqachon jami 60 ming tonna hajmdagi dastlabki ikkita tanker jo‘natilgan. Umuman olganda, yozgi kunlik iste’moli 110 ming tonna bo‘lgan Rossiya har oy xorijdan 400 ming tonna benzin sotib olishni rejalashtirmoqda. Qo‘shni Belarus iyun oyida Rossiyaga yonilg‘i eksportini uch barobarga (70 ming tonnadan oshiq) ko‘paytirdi. Shuningdek, Qozog‘istondan ham import varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Qiziqarli jihati, Hindistonning o‘zi iyun oyida Rossiyadan xom neft sotib olish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. LSEG va Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, Ormuz bo‘g‘ozidagi muammolar fonida Hindiston zavodlari Rossiya neftining ulushini jami importining 50 foizigacha (kuniga 2,7 mln barrel) oshirgan. Rossiya Energetika vazirligi hamda Hindiston Neft vazirligi tayyor benzin yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarga hozircha rasmiy javob bermadi.