So‘nggi:
O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyatSamarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandiJamiyatFarg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSSTJamiyatEkologiya qo‘mitasi fuqarolarni issiqda o‘simliklarni kunduzi sug‘ormaslikka chaqirdiJamiyatBelarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildiJamiyatDavlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildiJamiyatOlti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyot

Rossiya Ukrainada yangi front ochish uchun Belarusga bosimni kuchaytirdi

Rossiya Ukrainada yangi front ochish uchun Belarusga bosimni kuchaytirdi

Rossiya Donbassdagi hujumlar sekinlashgani sababli Lukashenkodan Belarus hududini urush zonasi qilishni va NATOga qarshi gibrid hujumlar yo‘llashni talab qilmoqda.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Kreml qo‘shni davlatdan NATO mamlakatlariga qarshi ommaviy dron hujumlari va gibrid operatsiyalar uyushtirishda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi faol harakatlar Belarusga nisbatan 2026-yildan beri amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

WSJ tahliliga ko‘ra, Rossiyaning Donbassdagi hujumi sekinlashgani sababli Kreml vaziyatni keskinlashtirishning xavfli yo‘llarini izlamoqda va Putinga yangi keskinlik nuqtalari zarur bo‘lib turibdi. AQSh va Yevropa rasmiylari Rossiyaning Belarus hududidan ko‘zlagan asosiy maqsadlarini quyidagicha baholamoqda: Ukraina obyektlariga doimiy ravishda dronlar uchirish, front chizig‘ini Ukrainaning g‘arbiy viloyatlari tomon kengaytirish, Ukraina Qurolli Kuchlari zaxiralarini sharqdagi muhim hududlardan uzoqlashtirish hamda Belarusdan qo‘shni NATO mamlakatlariga qarshi provokatsiyalar uchun foydalanish. Moskva shu orqali Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tizimiga putur yetkazishni va NATOning reaksiyasini tekshirib ko‘rishni istamoqda.

Moskva Lukashenkoga ta’sir o‘tkazish uchun ko‘plab vositalarga ega bo‘lib, ulardan eng asosiysi pul hisoblanadi. Razvedkaning sobiq xodimlari Kreml “moliyaviy bo‘g‘ish” usulidan foydalanayotganini tasdiqlashgan. Rossiya tomonidan aksariyat muzokaralarni elchi Boris Grizlov olib bormoqda va u Lukashenko bilan bevosita aloqada. Moskva moliyaviy yordamni butunlay to‘xtatish bilan tahdid qilishi mumkin, Belarus iqtisodiyoti esa ushbu mablag‘larga butunlay bog‘lanib qolgan.