Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Real Madrid muxlislari Kilian Mbappening jamoadan ketishini talab qilmoqdalar

Real Madrid muxlislari Kilian Mbappening jamoadan ketishini talab qilmoqdalar

Real Madrid muxlislari Kilian Mbappega qarshi imzo yig‘ishni boshlashdi. Mavsumda 41 ta gol urgan hujumchi o‘zining tartibsiz xatti-harakatlari tufayli tanqidlar ostida qoldi.

Madridning Real klubi ishqibozlari fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega nisbatan keskin norozilik bildirishni boshladi. Footmercato nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra futbolchining jamoadan ketishi borasidagi petitsiya bir soat ichida 70 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Ijtimoiy tarmoqlarda hujumchining suratlari ostida uni klubni tark etishga chorlovchi yozuvlar ommalashmoqda va bu muxlislar hamda futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashganidan dalolat beradi.

Muxlislar g‘azabiga Mbappening yaqinda Italiyaga qilgan safari sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ko‘plab tarafdorlar uning maydon tashqarisidagi xatti-harakatlarini klub imidjiga mos emas deb hisoblaydi. Qizig‘i shundaki tanqidlarga qaramay Kilianning maydondagi foydali ish koeffitsienti yuqoriligicha qolmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 41 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay samarali o‘yin ham muxlislarning unga nisbatan salbiy munosabatini o‘zgartira olmayapti.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish