O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

«Ravshan Zolotoi» uchta modda bo‘yicha xalqaro qidiruvga berildi

"Ravshan Zolotoi" uchta modda bo‘yicha xalqaro qidiruvga berildi

Tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhitdinovga nisbatan Interpol tarmog‘i orqali qidiruv e’lon qilindi. U jinoiy uyushma tuzish va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani, kriminal olamda «Ravshan Zolotoi» nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinovga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qildi. Interpol bazasida paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta og‘ir moddalari bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida keltirilgan.

Unga nisbatan quyidagi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan:

  • 173-modda: Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish;

  • 242-modda: Jinoiy uyushma tashkil etish (ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin);

  • 277-modda: Bezorilik.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Muhitdinov avval ham 12 yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan va 2019-yilda O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng unga nisbatan ochilgan ish to‘xtatilgan edi. Hozirda yangi jinoyat ishi doirasida uning xorijda qayerda ekanligini aniqlash va javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda. Tergov jarayonining tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.