Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘iston chet el transport vositalarining kirishini kuniga bir martagacha chekladi

Qozog‘iston chet el transport vositalarining kirishini kuniga bir martagacha chekladi

Qozog‘iston hududidan yoqilg‘ini noqonuniy olib chiqib ketishga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Endi qo‘shni davlatlar yuk mashinalari va avtobuslari kunda faqat bir marta chegaradan o‘ta oladi.

riallari taqchilligi yuzaga kelishining oldini olish maqsadida davlat chegarasidan o‘tish tartibini sezilarli darajada qiyinlashtirdi. Hukumat brifingida Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Qayirxan Tutkishboyev ma’lum qilishicha, mamlakatga yondosh o‘lkalardan kelayotgan yuk va yooperativ yo‘lovchi transport vositalarining kirishiga cheklov o‘rnatildi.

Yangi qoidaga ko‘ra, bunday og‘ir vaznli mashinalar hamda avtobuslar Qozog‘iston hududiga sutka davomida faqat bir marta kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Hukumatning asosiy e’tibori mamlakatdan neft mahsulotlarini yashirincha olib chiqish uchun qo‘shimcha bak va moslamalar o‘rnatib olgan qoidabuzar haydovchilarni aniqlashga qaratilgan. Bosh vazir Oljas Bektenovning topshirig‘iga binoan, Ichki ishlar vazirligi, Chegara xizmati va bojxona organlari hamkorlikda nazoratni kuchaytirgan.

Ma’lum qilinishicha, chegara hududlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarda atigi ikki kun ichida yashirin sig‘imlarda 3 tonnadan ortiq yoqilg‘ini olib chiqishga urinish bilan bog‘liq 61 ta holat aniqlangan, yil boshidan buyon esa bunday noqonuniy eksportning 593 tasiga chek qo‘yilgan. Qo‘shimcha bak o‘rnatgan haydovchilarga ma’muriy choralar ko‘rilib, mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish