Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qashqadaryoda OIV yuqtirgan shaxsga soxta xulosa berish uchun pora olganlar ushlandi

Qashqadaryoda OIV yuqtirgan shaxsga soxta xulosa berish uchun pora olganlar ushlandi

DXX va Departament xodimlari OIV bilan kasallangan shaxsga ijobiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming dollar pora olgan OITS markazi laboranti va ekspertni qo‘lga oldi.

Qashqadaryo viloyatida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy daromad orttirmoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlari ushlandi.

Surishtiruvlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazining OIV diagnostikasi laboratoriyasi laboranti OIV bilan kasallangan 30 yoshli fuqaroga nisbatan tayinlangan ekspertiza xulosasini tanish mansabdor shaxslar orqali uning foydasiga hal qilib, ijobiy diagnostika xulosasini taqdim etishni va’da qilgan. Ushbu “xizmat” evaziga u fuqarodan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tezkor amaliyotning davomida ushbu noqonuniy sxemaga aloqador bo‘lgan Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining tuman bo‘limi boshlig‘i ham kelishilgan puldan 2,5 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish