O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Qashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

Qashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatida keliniga uzluksiz jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazib, uni o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan 47 yoshli qaynonaga sud hukmi o‘qildi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi. Ish materiallariga ko‘ra, sudlanuvchi uch yil davomida kelinini ro‘zg‘or ishlarini uddalay olmaslikda ayblab, uni doimiy ravishda kaltaklagan, uydan haydab chiqargan hamda unga ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgan.

Shuningdek, qaynona kelinining ota-onasi bilan muloqot qilishini cheklagan va telefondan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan. Davomiy jismoniy va ruhiy qiynoqlarga bardosh bera olmagan kelin 2025-yilning 2-oktyabr kuni xonadon hovlisidagi molxonada o‘z joniga qasd qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi 47 yoshli ayolni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a» bandi (Moddiy tomondan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsni o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazish) bo‘yicha aybdor deb topdi. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.