So‘nggi:
AQSH hukumati taqiqlangan hududlarda 400 dan ortiq dronni musodara qildiDunyoShavkat Mirziyoyev Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdiJamiyatPrezident Olimpiya shaharchasida million dollarlik startaplar va antidron loyihalari bilan tanishdiSiyosatO‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga jami 4,6 mln dollar atrofida mablag‘ sarflandiJamiyatBuvayda tumanida 9,5 ming dollar pora olgan ekologiya inspektori qo‘lga olindiJamiyatO‘zbekiston aholisi 39 million nafardan oshdi — aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariJamiyatToshkent xalqaro aeroportida AiRO bojxonachi roboti ishga tushirildiJamiyatYevropada o‘ta anomal jazirama oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘ldiDunyoVladimir Putin Ukrainaning zarbalari ortidan Rossiyada yonilg‘i tanqisligi yuzaga kelganini tan oldiDunyoToshkent ko‘chalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi AQSHning texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqdaJamiyat

Prezident Olimpiya shaharchasida million dollarlik startaplar va antidron loyihalari bilan tanishdi

Prezident Olimpiya shaharchasida million dollarlik startaplar va antidron loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmaga tashrif buyurdi va mamlakatning faol, izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.

Davlat rahbari yoshlarning mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik, IT va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishib, loyiha mualliflari bilan shaxsan muloqot qildi hamda ularning tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Koʻrgazmaning startaplar maydonida yoshlarning xalqaro miqyosda tan olingan intellektual salohiyati namoyish etildi. Xususan, 18 yoshli Asilbek Ashurov oʻzi asos solgan, sunʼiy intellektga tayanuvchi “Makon AI” ta’lim platformasi AQSh va Yaqin Sharq bozori investorlaridan 380 ming dollar sarmoya jalb etgani va loyiha qiymati 3 million dollarga baholanganini soʻzlab berdi. Shuningdek, dunyoning eng nufuzli “Y Combinator” akseleratori dasturining birinchi oʻzbek ishtirokchisi Sardorbek Rahmatulloyevning muvaffaqiyatlari ham milliy startap ekotizimining katta yutug‘i sifatida e’tirof etildi. Prezident bunday yuqori texnologiyali loyihalarni mamlakatda keng joriy etishga davlat tomonidan katta ko‘mak berilishini aytdi.

Muhandislik va innovatsiyalar yoʻnalishida esa sunʼiy intellekt hamda robototexnika sohasidagi muvaffaqiyatlar koʻrib chiqildi. Turin politexnika universiteti talabasi Biloliddin Ismoilov mahalliy antidron (dronlarga qarshi) tizimlarini yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan bo bo‘lsa, Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanova “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishidagi loyihasini taqdim etdi. Aholi o‘rtasida mutolaani targ‘ib qiluvchi, 5 million marta yuklab olingan “Mutolaa” mobil ilovasi hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan “Oʻqi va yuksal” loyihalari ham davlat rahbarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.