Marko Rubio amerikalik tadbirkorlarga O‘zbekistondan uy sotib olishni taklif qildiIqtisodiyotO‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyatQurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyat

Prezident biznesni rivojlantirishdagi to‘siqlar uchun qator tuman hokimlarini keskin tanqid qildi

Prezident biznesni rivojlantirishdagi to‘siqlar uchun qator tuman hokimlarini keskin tanqid qildi

Birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar muammolarini hal etmagan mhokimlarini keskin tanqid qildi. Hududiy rahbarlarga natija ko‘rsatmagan tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tahlil qilish hamda yil yakunigacha bo‘lgan vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan va mas’uliyatdan qochayotgan qator amaldorlar ishini qattiq tanqid ostiga oldi. Ta’kidlanishicha, ayrim mutasaddilar muammolarni joyida hal qilish o‘rniga, masala respublika darajasiga chiqqanda o‘zini oqlashga urinmoqda.

Yig‘ilishda byurokratiya va samarasizlikning aniq misollari keltirildi. Xususan, Nurafshon shahri hokimi tadbirkorning ikki yildan buyon hal bo‘lmayotgan qurilish masalasida yordam berish o‘rniga, ma’lumot qanday qilib Prezidentga yetib borganini surishtirish bilan band bo‘lgani aytildi. G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida esa mablag‘lar ajratilganiga qaramay, muhim loyihalar hanuzgacha ishga tushirilmagan. Vaholanki, joriy yilda ushbu tumanlarga biznes infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 262 mlrd so‘m yo‘naltirilgan edi.

Prezident viloyat hokimlariga tuman va shahar rahbarlarining lavozimiga loyiqligini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish vazifasini yukladi. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi shartligini ta’kidladi. Ishda natija ko‘rsata olmagan mas’ullar yaqin vaqt ichida o‘z lavozimidan chetlatilishi kutilmoqda.