So‘nggi:
Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev narkobiznesning moliyaviy arteriyalarini kesishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev narkobiznesning moliyaviy arteriyalarini kesishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni transmilliy narkotahdidlarga qarshi birlashishga chaqirdi. O‘zbekiston rahbari sun’iy intellekt asosidagi yagona raqamli platforma va Markaziy Osiyo narkologlar assotsiatsiyasini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.

Samarqand shahrida «Transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev narkobiznes bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va yashirin moliya tizimlari bilan uzviy bog‘lanib ketganini ta’kidladi.

Davlat rahbari narkojinoiyatlarning qariyb uchdan bir qismi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilayotgani millat genofondi uchun jiddiy xavf ekaniga e’tibor qaratdi va O‘zbekiston ushbu illatga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishini bildirdi.

Forum doirasida O‘zbekiston rahbari bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlarini birlashtiruvchi sun’iy intellekt platformasini yaratish, kriptovalyutalar orqali mablag‘larni yuvishga chek qo‘yish uchun «xalqaro raqamli qora kod» tizimini joriy etish taklif etildi.

Shuningdek, Samarqandda Markaziy Osiyo narkologlar assotsiatsiyasi shtab-kvartirasini joylashtirish va narkotrafik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda aholi uchun muqobil daromad manbalarini yaratish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.