So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

PhD darajasiga ega kuryer talabalar o‘rniga imtihon topshirib, $3,1 mln ishladi

PhD darajasiga ega kuryer talabalar o‘rniga imtihon topshirib, $3,1 mln ishladi

Buyuk Britaniyada talabalar o‘rniga test topshirib va kurs ishi yozib, 3,1 million dollar ishlab topgan Amazon kuryeri 3 yilga qamaldi.

Buyuk Britaniyada talabalar o‘rniga imtihon topshirish va akademik ishlarni bajarish orqali qariyb 3,1 million dollar (2,4 million funt sterling) ishlab topgan Amazon kuryeri 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. BBC xabariga ko‘ra, ushbu jinoiy sxemani falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan 43 yoshli haydovchi Shahid Adnan tashkil qilgan.

Adnan xizmat haqini juda yuqori belgilagan — u talabalarga testlardan o‘tish va ilmiy ishlar yozishda yordam berib, ayrim murakkab buyurtmalar uchun 18 ming dollargacha pul olgan. Ushbu yirik firibgarlik tarmog‘i 2023-yilda tasodifan fosh bo‘ldi.

Talaba qizlardan biri o‘zi topshirgan flesh-diskda kurs ishi bilan birga universitet tarmog‘iga kirish uchun login va parollarni ham qoldirgan. Tekshiruv davomida o‘qituvchi buni sezib qolgan va surishtiruv boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, kuryer aynan shu ma’lumotlar orqali talabalar nomidan tizimga kirib kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Shahid Adnanning uyidan katta miqdorda naqd pul topishgan, uning bank hisoblarida esa 3,1 million dollardan ortiq mablag‘ muzlatilgan. Tergov xulosasiga ko‘ra, kuryer butun dunyo bo‘ylab turli universitetlarda tahsil oluvchi kamida 124 nafar talabaning o‘rniga vazifalarni bajarib kelgan.