So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyat

O‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqda

O‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqda

O‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqda. O‘zbekiston Markaziy banki tadqiqotiga ko‘ra, qarz oluvchilarning o‘rtacha qarz yuklamasi oilaning oylik daromadining 51 foiziga yetgan. So‘rovda qatnashganlarning aksariyati kreditlarni o‘z vaqtida to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirgan.

Tadqiqot 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha o‘tkazildi. Unda mamlakatning barcha hududlaridan 5,8 ming nafar fuqaro ishtirok etdi. Hisob-kitoblarda banklar va nobank moliyaviy tashkilotlar oldidagi barcha kredit majburiyatlari inobatga olingan.

Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 77 foizida yoki ularning oila a’zolarida amaldagi kredit mavjud. So‘rov ishtirokchilarining 68 foizi bank kreditlaridan foydalanmoqda, har beshinchi qarz oluvchi esa bir vaqtning o‘zida nobank moliyaviy tashkilotlar oldida ham qarzdor.

Tadqiqot ishtirokchilarining o‘rtacha qarz yuklamasi oylik oilaviy daromadning 51 foizini, median ko‘rsatkich esa 47 foizni tashkil etdi. Bu ko‘plab oilalar daromadining qariyb yarmi kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilayotganini anglatadi.

Respondentlarning 47 foizida qarz yuklamasi daromadning 50 foizidan yuqori. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi tadqiqot natijasiga nisbatan atigi bir foiz bandga kamaygan.

So‘rov qatnashchilarining aksariyati oilasining asosiy mehnat faoliyatidan olinadigan oylik daromadi 12 million so‘mdan oshmasligini bildirgan. Qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lganlar 19 foizni tashkil etadi. Ularning 58 foizi oyiga 4 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad oladi.

Kredit mablag‘lari eng ko‘p uy-joy sotib olish yoki ta’mirlash uchun ishlatilmoqda. Bunday kreditlar umumiy hajmning 20 foizini tashkil etadi. Yana 18 foizi avtomobil xarid qilish uchun olingan. Respondentlarning 8 foizi esa avvalgi qarzni yopish maqsadida yangi kredit rasmiylashtirganini ma’lum qilgan.

Aksariyat qarz oluvchilarning barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlari 6 million so‘mdan oshmaydi. So‘rov ishtirokchilarining qariyb yarmi kreditlarini uch yil ichida to‘liq yopishni rejalashtirmoqda, yana 27 foizi esa qarzlarini besh yil yoki undan uzoq muddatda to‘lashini bildirgan.

Tadqiqotning eng e’tiborli natijalaridan biri shundaki, qarz oluvchilarning 61 foizi kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shunga qaramay, respondentlarning 47 foizi yaqin olti oy ichida moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga umid qilmoqda, 42 foizi esa vaziyat o‘zgarmaydi deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, ko‘pchilik yangi kredit olishni rejalashtirmayapti. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, respondentlarning 71 foizi yaqin olti oy ichida o‘zi yoki oila a’zolari nomiga yangi kredit rasmiylashtirishni mo‘ljallamagan.