So‘nggi:
IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyot

O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun majburiy raqamli markirovka joriy etiladi

O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun majburiy raqamli markirovka joriy etiladi

Hukumat zargarlik buyumlarini bosqichma-bosqich majburiy raqamli markirovkalash tizimiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Mazkur yangilikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — zargarlik buyumlari aylanmasining aniq hisobini yuritish, sohadagi nazorat mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, qonunbuzuqlik va noqonuniy aylanmalarning oldini olish hamda xaridorlarga ishonchli mahsulotlar yetkazib berishdan iborat.

Islohot bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, dastlab “Vaqtinchalik nizom” asosida raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi yo‘lga qo‘yilib, u 2027-yil 30-dekabrga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, tajriba natijalari asosida 2028-yil 1-iyulgacha yakuniy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

2029-yil 1-yanvardan boshlab esa zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va import qilish bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli markirovka mutloq majburiy etib belgilanadi. Tovar aylanmasining barcha bosqichlarini kuzatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar CRPT Turon kompaniyasining “Asl belgisi” milliy axborot tizimida jamlanadi. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 21-iyuliga qadar davom etadi.