So‘nggi:
Pedagoglarning farzandlariga OTM kontraktidan 30 foiz chegirma berilishi kutilmoqdaJamiyatFarg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kg narkotik modda qo‘lga olindiJamiyatO‘zbekistonda yirik gaz va neft konlarini topish qiyinlashmoqdaIqtisodiyotMigratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidirilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda migrantlarni Janubiy Koreyaga yuborish sxemasi fosh etildiJamiyatSpaceX va Google koinotda ma’lumotlar markazlarini ochadiDunyoO‘zbekiston 2028-yilgacha o‘zining ilk kosmonavtini koinotga uchirishni rejalashtirmoqdaJamiyat“Prezidentning iqtidorli bolalari” dasturiga qabul boshlanmoqdaJamiyatHarbiylarga 41 mln soʻmgacha moddiy yordam berish koʻzda tutilmoqdaJamiyatPrezident xalq qabulxonalari ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini ishga tushirdiJamiyat

O‘zbekistonda quyosh panellari uchun to‘lovlar keskin kamaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda quyosh panellari uchun to‘lovlar keskin kamaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda quyosh panellari uchun to‘lovlar keskin kamaytirilishi mumkin. O‘z ehtiyoji uchun quyosh panellari o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini davlatga sotish tarifining pasayishidan xavotir bildirmoqda.

Muhokama qilinayotgan taklifga ko‘ra, ortiqcha elektr energiyasini sotib olish narxi 1 kVt⋅soat uchun 800 so‘mdan 250 so‘mgacha tushirilishi mumkin. Bu esa amaldagi tarifdan uch barobardan ko‘proq pasayishni anglatadi.

Masala O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari va tadbirkorlar uchrashuvi davomida ko‘tarilgan. Tadbirkorlardan biri korxonasida 350 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgani va loyihani yana kengaytirish rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tizim ortiqcha elektr energiyasini davlatga 800 so‘mdan sotish imkonini bergan. Endilikda esa tarifni 250 so‘mgacha tushirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Tadbirkorlar bunday qaror loyihalarning o‘zini oqlash muddatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ular elektr energiyasini yuqori tarifda sotib olayotgani, ammo ortiqcha hajmni juda past narxda sotishga majbur bo‘lishini adolatsiz deb hisoblamoqda.

Qonunchilik palatasi vakillari masala bo‘yicha profil qo‘mitalar ish boshlaganini ma’lum qildi. Deputatlar yangi tarifning iqtisodiy asoslarini va uning biznesga ta’sirini o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlar elektr energiyasi uchun to‘lovlarning kechiktirilayotgani va byurokratik muammolar yuzasidan ham e’tiroz bildirgan.

Avvalroq prezident qaroriga ko‘ra, davlat quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz stansiyalaridan ortiqcha elektr energiyasini kamida 10 yil davomida maxsus formula asosida sotib olishi belgilangan edi.

Keyinchalik Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xarid normasini iste’molchilarning ikkinchi guruhi tarifining 80 foizidan 70 foizigacha kamaytirishni taklif qilgan.