Ijtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Uzgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuniga borib mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ochiq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Uzgidromet) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlarida havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib boradi. Yakshanba kuniga kelib, respublikaning aksariyat hududlarida kunduzgi havo harorati +36…+39 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +40…+42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Poytaxt Toshkent shahrida ham kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmron bo‘ladi. Shanba kuni kechasi havo harorati +21…+23 daraja, kunduzi +35…+37 daraja issiq bo‘ladi. Yakshanba kuni esa kechasi +22…+24 daraja, kunduzi esa havo harorati +36…+38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqiy yo‘nalishdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Bunday issiq kunlarda shifokorlar va favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari aholiga soat 11:00 dan 17:00 gacha quyosh ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurmaslikni, ko‘proq toza suv iste’mol qilishni, yengil va paxtali kiyimlar kiyishni hamda surunkali xastaligi bor fuqarolarga salqin joylarda bo‘lishni tavsiya etadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish