Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 72 ta medal bilan tarixiy natija qayd etdi

Bangkokda o‘tgan kikboksing bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 36 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimiz vakillari umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

7-12-aprel kunlari Bangkok shahrida o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun g‘alabalar seriyasiga boy bo‘ldi. Dunyoning 32 mamlakatidan kelgan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli turnirda hamyurtlarimiz o‘zlarining ustunliklarini namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik jangchilar jami 72 ta medalni qo‘lga kiritib, katta muvaffaqiyatga erishdilar.

Terma jamoamiz xazinasidan 36 ta oltin, 22 ta kumush va 14 ta bronza medali joy oldi. Bunday yuksak ko‘rsatkich O‘zbekistonga umumjamoa hisobida dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Musobaqa mezboni Tailand birinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Vetnam termasi yakunlab berdi. Sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyati mamlakatda kikboksing maktabi yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish