O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyot

O‘zbekiston delegatsiyasi Erondagi motam marosimlarida qatnashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Erondagi motam marosimlarida qatnashdi

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga borib, mamlakatning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning motam marosimlarida qatnashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga tashrif buyurdi. Eronning “Mehr” axborot agentligi xabariga ko‘ra, o‘zbek delegatsiyasi mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv va xotira marosimlarida ishtirok etib, Eron xalqiga chuqur ta’ziya izhor qildi.

Eron va Iroq davlatlarida oliy rahbar xotirasiga bag‘ishlangan rasmiy vidolashuv tadbirlari 4-iyuldan 9-iyulgacha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, xorijiy davlatlar rahbarlari poytaxt Tehronga yetib kelishni boshlagan. Xususan, motam tadbirlarida ishtirok etish uchun Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili, Iroq prezidenti Nizar Amidi, Turkiya vitse-prezidenti, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirg‘iziston parlamenti spikeri Marlen Mamtaliyev hamda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevlar ham Eronga kelgan.

Marhum rahbar Ali Xomanaiyning jasadi ayni paytda Tehrondagi “Imom Xomeyniy al-Musalla” majmuasiga qo‘yilgan. Mazkur motam marosimlarida jami 12 milliondan 20 milliongacha inson ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich Eron tarixidagi eng yirik davlat miqyosidagi tadbir bo‘lishi kutilmoqda. Hukumat keladigan ziyoratchilar uchun minglab maxsus lagerlar tashkil etgan hamda xorijdan tashrif buyuradigan bir milliondan ziyod mehmonlarni joylashtirish va Tehron markazida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rgan.