So‘nggi:
Toshkentda yigitlar soni tobora kamayib bormoqdaJamiyatToshkentdagi ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdiJamiyatToshkentda bitiruvchilar uchun bepul katta konsert tashkil etiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-iyundan svet va gaz uchun yangi tariflar joriy etilmoqdaJamiyatToshkentda uylar oldida va trotuarlarda qoldirilgan mashinalar evakuatsiya qilinadiJamiyatEpstein uy qamog‘ida o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldiDunyoShavkat Mirziyoyev Hindistondagi ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyatPrezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan boshlanadiJamiyatShavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdiJamiyatO‘zbekistonda 2000 ga yaqin kompaniya budjetdan trillionlab so‘m qarzdor bo‘lib turibdiJamiyat

Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi

Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi

Rossiya chegarasini kesishda smartfon, noutbuk va ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarni tekshirish choralari kuchaytirildi. Qurilmani ochib berishdan bosh tortish mamlakatga kirishni taqiqlashga sabab bo‘ladi.

Rossiyaning barcha xalqaro aeroportlari va vokzallarida chegarachilar yo‘lovchilarning shaxsiy elektron qurilmalarini tekshirish amaliyotini faol qo‘llamoqda. Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslardan smartfon, planshet yoki noutbuklarni blokdan chiqarish hamda messenjerlardagi yozishmalar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni ko‘rsatish talab qilinishi mumkin. Ushbu choralar davlat xavfsizligini ta’minlash va shubhali shaxslarni aniqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, qurilmani blokdan chiqarishdan bosh tortganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamoq jazosi nazarda tutilmagan, biroq bu holat chet el fuqarolari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, telefonini ko‘rsatmagan xorijliklarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi, ular deportatsiya qilinadi va uzoq muddatga Rossiyaga kelish huquqidan mahrum etiladi. Rossiya fuqarolari uchun esa bunday rad javobi ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanib, jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.