В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Olmaotadagi yirik blekaut sabab Kanyo Uestning konserti bekor qilinishi mumkin

Olmaotadagi yirik blekaut sabab Kanyo Uestning konserti bekor qilinishi mumkin

Markaziy Osiyodagi ommaviy avariya sabab Olmaotaning to‘rtta tumanida, jumladan Markaziy stadion joylashgan hududda elektr energiyasi o‘chdi. Shu sababli Kanyo Uestning bugun soat 21:00 ga rejalashtirilgan konserti xavf ostida qoldi.

Blekaut va elektr ta’minotidagi uzilishlar

14-avgust kuni Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimida sodir bo‘lgan yirik avariya oqibatida Qozog‘istonning Olmaota shahridagi to‘rtta yirik tumanda elektr energiyasi uzildi. «KEGOC» kompaniyasining uchta liniyasidagi nosozliklar va avtomatika tizimining ishga tushishi sababli Bostandiq, Nauryzbay, Auezov hamda Alatau tumanlari chiroqsiz qoldi. Uzilishlar hajmi 300 MVtni tashkil etmoqda, shuningdek shahar bo‘ylab internet va aloqa tizimida ham jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda.

Konsert xavf ostida

Chiroq o‘chgan hududlar orasida «Qayrat» futbol klubining uy stadioni hisoblangan Markaziy stadion joylashgan Bostandiq tumani ham bor. Bugun, 14-avgust kuni soat 21:00 da ushbu stadionda mashhur amerikalik repper Kanyo Uestning (Ye) katta konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Agarda mutaxassislar elektr ta’minotini o‘z vaqtida tiklay olishmasa, mintaqadagi eng yirik shou-biznes voqealaridan biri bekor qilinishi yoki qoldirilishi mumkin. Hozirda avariya brigadalari tarmoqlarni tiklash ishlarini olib bormoqda.

Mahalliy aholining «biznesi»

Konsert atrofidagi shov-shuv va biletlar tanqisligi sababli stadion yaqinidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi mahalliy aholi o‘ziga xos daromad manbaini topgan edi. Ular stadionga qaragan balkon hamda zina maydonchalaridagi joylarni chipta ololmagan muxlislarga ijaraga sotishni yo‘lga qo‘yishgan. Muxlislar shu yo‘l bilan Kanyo Uestning shou dasturini uzoqdan bo‘lsa-da tomosha qilishni rejalashtirayotgan edi.