Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Olmaotada Qozog‘istondagi ilk yuqori texnologiyali krematoriy faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Olmaotada Qozog‘istondagi ilk yuqori texnologiyali krematoriy faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Olmaotada Qozog‘istondagi birinchi ekologik toza krematoriy ish boshladi. Mazkur majmua ikki kamerali kuydirish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, undagi ko‘p bosqichli tozalash tizimi atrof-muhitga zararli moddalar, tutun yoki noxush hidlar tarqalishining oldini oladi.

Jarayonning o‘rtacha davomiyligi taxminan ikki soatni tashkil etadi va uskunalar to‘liq quvvat bilan ishlaganda har bir pech sutkasiga sakkiztagacha amaliyotni bajarish imkoniyatiga ega. Ta’kidlash joizki, pechlarni zarur haroratgacha qizdirish va ishga tayyorlash jarayoni 35 soatgacha vaqt talab etadi. Krematsiya jarayoni qat’iy tartibga solingan bo‘lib, u hujjatlarni qabul qilish, shaxsni aniqlash va jarayon yakunida xokni yaqinlariga topshirish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, majmuada marhum bilan vidolashuv zallari hamda jarayonni maxsus xonadan kuzatish imkoniyati yaratilgan. Qozog‘istonda shunday yangiliklar joriy etilayotgan bir paytda,

O‘zbekistonda ham sohani raqamlashtirish bo‘yicha muhim qadam qo‘yildi: joriy yilning 1-martidan boshlab mamlakatda o‘lim haqidagi ma’lumotnomalarni QR-kodli elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi va bu hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlar orqali avtomatik tarzda taqdim etilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish