Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova katta sportga qaytishini e’lon qildi

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova katta sportga qaytishini e’lon qildi

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova farzandli bo‘lgach, dzyudoga qaytishini ma’lum qildi. Sportchi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston dzyudo olamining yorqin yulduzi, Parij olimpiadasi oltin medali sohibi Diyora Keldiyorova sportdagi tanaffusini yakunlab, gilamga qaytmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sportchi hozirda jamoaviy yig‘inlardan avval yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ta’kidlash joizki, tarixiy g‘alabadan so‘ng dzyudochi oilaviy sabablarga ko‘ra tanaffus olgan va ona bo‘lgan edi.

Diyora Keldiyorovaning ta’kidlashicha, uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng darhol terma jamoaning asosiy mashg‘ulotlariga qo‘shilish jismoniy jihatdan biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, hozirda u alohida dastur asosida tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

«Ha, men katta sportga qaytyapman. Qaysi musobaqada qatnashishim hozircha aniq emas, barchasi sport formamni qanchalik tez tiklay olishimga bog‘liq», — dedi chempion.

Sportchining rejalari orasida eng yaqin yirik turnir sifatida Osiyo o‘yinlari qayd etilgan. Agarda tayyorgarlik jarayoni muvaffaqiyatli kechsa, muxlislar uni qit’a birinchiligida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Aks holda, dzyudochi navbatdagi xalqaro turnirlardan birida ishtirok etishni maqsad qilgan. Diyoraning qaytishi O‘zbekiston ayollar dzyudo terma jamoasi uchun katta motivatsiya va yangi g‘alabalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.