So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Old oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXX

Old oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXX

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati anomal issiq sharoitida avtomobillar old oynalar tonirovkasini arzonlashtirish kamaytirish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi.

Muloqot davomida jurnalistlar mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida aholiga yengillik yaratish maqsadida old oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilayotgani yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. YHXX mulozimi ushbu masala ayni paytda kun tartibida yo‘qligini qayd etdi va hozirda orqa hamda orqa yon oynalarni qoraytirish mutlaqo bepul ekanini eslatib o‘tdi.

Erali Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda hukumat qarori bilan tonirovkaga ruxsat berilgan dastlabki vaqtda to‘lov miqdori BHMning 90 baravariga teng bo‘lgan. Agar o‘sha tartib saqlanib qolganida, bugungi kunda bu qiymat 37 million so‘mdan oshib ketgan bo‘lardi. Biroq 2019–2022-yillar davomida qarorga to‘rt marta o‘zgartirish kiritilib, yakunda old oynalar tonirovka narxi 11,25 baravarga arzonlashtirildi va hozirgi 3 million 296 ming so‘mlik (8 BHM) darajaga keltirildi.

YHXX mutaxassislari fuqarolardan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqqan. Ko‘pchilik mashinada bemor olib yurishini ro‘kach qilgan. Shifoxonaga ketayotgan bemor asosan orqa o‘rindiqda o‘tirishi va salonga issiqlik asosan orqa “lobovoy” orqali kirishini inobatga olib, orqa yon oynalar hamda orqa peshtaxta oynasini 100 foiz bepul qoraytirishga ruxsat berilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan boshlab yozgi mavsum uchun to‘rt oyga 412 000 so‘m evaziga tonirovka ruxsatnomasi berilishi haqida norasmiy xabarlar tarqalgan edi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu xabarlarni rad etib, tonirovka tartibi o‘zgarmagani va ruxsatnoma olish amaldagi Vazirlar Mahkamasining 547-sonli qaroriga muvofiq BHMning 8 barobari miqdorida qolayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda avtomobillar orqa va orqa yon oynalarini qoraytirish ruxsatnomasiz hamda bepul amalga oshiriladi. Shuningdek, old oynaning tepa qismiga 14 sm dan oshmagan polosa yopishtirish ham bepul. Old yon oynalar tonirovkasi uchun ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi va uning narxi 3 296 000 so‘mni (YIDXP orqali onlayn rasmiylashtirilganda 10% chegirma mavjud) tashkil etadi. Ruxsatnomasiz tonirovkadan foydalanganlik uchun jarima miqdori BHMning 25 baravari (10 million 300 ming so‘m)ga teng.