Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonning JCh-2026 dagi o‘yinlari Toshkentdagi katta ekranlarda ko‘rsatiladi

O‘zbekistonning JCh-2026 dagi o‘yinlari Toshkentdagi katta ekranlarda ko‘rsatiladi

Toshkentning barcha tumanlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon JCh-2026 dagi o‘yinlarini tomosha qilish uchun fan-zonalar tashkil etiladi. Eng yirik maydon “Bunyodkor” stadionida bo‘ladi.

Vakillarimizning uchrashuvlari poytaxtning turli hududlarida o‘rnatilgan ulkan monitorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Futbol ishqibozlari uchun eng yirik va asosiy maydoncha “Bunyodkor” stadioni hududida barpo etiladi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming nafargacha muxlis jam bo‘lib, milliy terma jamoamizga birgalikda dalda bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Tumanlar kesimida o‘yinlarni tomosha qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan maxsus lokatsiyalar ro‘yxati:

  • Bektemir tumani — “Raxat” mahallasi;

  • Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — Central Park;

  • Olmazor tumani — G‘alaba bog‘i;

  • Sergeli tumani — Markaziy xiyobon;

  • Uchtepa tumani — “Seoul Eco Park”;

  • Chilonzor tumani — “Dream Park”;

  • Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i;

  • Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi;

  • Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i;

  • Yangihayot tumani — INDEX Park;

  • Yashnobod tumani — “Ashxobod” sayilgohi.

Poytaxt ma’muriyati barcha yurtdoshlarimizni “Yagona bayroq, yagona jamoa, yagona maqsad!” shiori ostida birlashishga va tarixiy turnirda qatnashayotgan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish