Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonliklarga +46 darajagacha anomal issiq bo‘lishi va’da qilindi

O‘zbekistonliklarga +46 darajagacha anomal issiq bo‘lishi va’da qilindi

O‘zgidromet 13-17-iyul kunlari +46 darajagacha anomal issiq bo‘lishi e’lon qildi. Hududda termik depressiya, shamolning 18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kutilmoqda.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) kelgusi haftaning ish kunlari, ya’ni 13-17-iyul kunlari uchun shoshilinch shtorm ogohlantirish xabarini e’lon qildi. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, hududga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelmoqda va ushbu oqim termik depressiya (termal tushkunlik) bosqichiga o‘tmoqda. Shu sababli respublikaning barcha tarmoqlari anomal issiqning salbiy oqibatlarini kamaytirish choralarini ko‘rishi shart.

Unga ko‘ra, belgilangan kunlarda respublika hududining katta qismida havo harorati kutilayotgan darajadan ancha yuqori bo‘ladi. Kunduzgi kunlarda havo haroratining maksimumlari +41…+43 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoli, janubi va cho‘l hududlarida esa jazirama yanada kuchayib, havo harorati +44…+46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Anomal issiq to‘lqini shamol kuchayishi bilan ham kuzatiladi. Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda esa chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar ushbu issiqlik to‘lqini keltirib chiqaradigan termik depressiya holatida barcha sohalar, ayniqsa, kommunal, energetika va sog‘liqni saqlash tizimlari o‘z ish rejimini ushbu ob-havo sharoitiga moslashtirishi va salbiy oqibatlarni kamaytirishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish