So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Oʻzbekistonliklar tibbiyot va texnik sohalarda AQSHda ishlash uchun rasman tayyorlanadi

Oʻzbekistonliklar tibbiyot va texnik sohalarda AQSHda ishlash uchun rasman tayyorlanadi

Migratsiya agentligi AQSHda ishlashni xohlovchi shifokorlar, haydovchilar va agrar soha vakillarini maqsadli tayyorlash boʻyicha kelishuvlar imzoladi. Behzod Musayev rasmiy ishga joylashtirish va huquqiy himoya masalalarini muhokama qildi.

Hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan biri sogʻliqni saqlash sohasi boʻladi. Migratsiya agentligi Amerikaning Logan University tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Mazkur hujjat AQSH mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda oʻzbekistonlik tibbiyot xodimlarini tayyorlash va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyishni koʻzda tutadi. Bu mutaxassislarga nafaqat malaka oshirish, balki Amerika sogʻliqni saqlash tizimida rasmiy asosda ish boshlash imkonini beradi.

Transport sohasida ishlashni rejalashtirgan fuqarolar uchun yuk avtomobili haydovchilarini tayyorlash mexanizmi muhokama qilindi. Missouri Trucking School haydovchilik maktabi bilan birgalikda 160 soatlik maxsus oʻquv dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu dastur AQSH standartlariga moslashtirilgan boʻlib, oʻqishni bitirganlarni ishga joylashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, Head Honchos va AQSH qishloq xoʻjaligi ish beruvchilari kengashi (NCAE) bilan H-2A vizalari asosida mavsumiy ishchi dasturlarini kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning huquqiy himoyasini taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ballon Stoll yuridik firmasi bilan AQSHda O, H-1B, H-2A va H-2B vizalari orqali ishlayotgan oʻzbekistonliklarning huquqiy himoyasi mexanizmlarini kuchaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Viza jarayonlarini soddalashtirish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalalari koʻrib chiqildi. Hukumat ushbu migratsiya jarayonlarini nafaqat iqtisodiy zarurat, balki inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya sifatida baholamoqda.