So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar berish boshlandi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar berish boshlandi

O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan shifokor va farmatsevt xodimlarning farzandlariga OTM kontraktining 30 foizigacha bo‘lgan qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tizimi ishga tushirildi. Ariza topshirish tartibi bilan tanishing.

Endilikda ushbu soha vakillarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalaridagi yillik kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan subsidiyalanadi.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi ushbu subsidiya turidan foydalanish uchun quyidagi asosiy shartlar belgilangan:

  • Staj talabi: Ariza topshiruvchi xodim davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;

  • Subsidiya miqdori: Yillik kontrakt summashining 30 foizigacha, biroq BHMning 15 baravaridan (6,18 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda ajratiladi;

  • Ta’lim muassasalari: Imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va faoliyat yuritayotgan barcha davlat hamda nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu ijtimoiy yordamni olishni istagan soha xodimlari va ularning farzandlari arizalarni masofaviy tarzda, subsidiya.imv.uz elektron portali orqali onlayn shaklda topshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tibbiyot sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning oila a’zolari hamda farzandlarining sifatli ta’lim olishini rag‘batlantirish borasida bir qator tizimli choralar amalga oshirib kelinmoqda.