O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda Telegram va Instagram eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar deb topildi

O‘zbekistonda Telegram va Instagram eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar deb topildi

«Yuksalish» harakati so‘rovnomasiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 88,9 foizi Telegram’dan foydalanadi. Har uchinchi retsedent vaqtni ortiqcha sarflayotganini tan olgan.

«Yuksalish» umummilliy harakati Opinions sotsiologik tadqiqotlar markazi hamda Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Ijtimoiy tarmoqlar davrida hayot» mavzusidagi so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotda mamlakatning 14 ta hududidan 1371 nafar retsedent ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, mamlakatda eng mashhur platforma Telegram bo‘lib chiqdi — uni ishtirokchilarning 88,9 foizi (1219 kishi) tanlagan. Keyingi o‘rinlarni Instagram (73,5%) va YouTube (61,8%) egalladi, Facebook’dan esa atigi 24,7% fuqarolar foydalanishini bildirgan. Tarmoqlardan foydalanishning asosiy maqsadi sifatida muloqot qilish (69,9%), yangiliklar olish (64%), ta’lim (43,8%), hordiq chiqarish (42,2%) hamda daromad topish va kasbiy faoliyat (40,6%) ko‘rsatilgan.

Ishtirokchilarning 37,3 foizi ijtimoiy tarmoqlarda kuniga ikki soatdan ortiq, 12,4 foizi esa to‘rt soatdan ko‘p vaqt o‘tkazadi, dam olish kunlari to‘rt soatdan ortiq vaqt ajratuvchilar ulushi 19,7 foizga yetadi. Retsedentlarning har uchinchisi (33,4%) tarmoqlarga keragidan ortiq vaqt sarflayotganini tan olgan. Kuniga ikki soatdan ko‘p vaqt ajratuvchilar orasida pensionerlar (54%) va uy bekalari (43,7%) yetakchilik qilmoqda, bu ko‘rsatkich talabalar orasida 32,7 foizni, maktab o‘quvchilari orasida esa 27,3 foizni tashkil etdi.

Platformalar fuqarolarning kun tartibiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda: retsedentlarning 62,2 foizi tarmoqlar uyquga ta’sir qilishini ta’kidlagan, 13–17 yoshli o‘smirlar orasida bu ko‘rsatkich 74,4 foizga yetgan. Kattalarning 58,1 foizi ijtimoiy tarmoqlar ish va kunlik vazifalarni bajarishga xalaqit berishini, o‘smirlarning deyarli uchdan to‘rt qismi esa o‘qishdan chalg‘itishini bildirgan. Voyaga yetmaganlarning 66,7 foizi ota-onasi ularning tarmoqlardan foydalanishini doimiy nazorat qilishini, 28,2 foizi vaqti-vaqti bilan nazorat borligini, 5,1 foizi esa umuman nazorat qilinmasligini aytgan.

Eng ko‘p tashvish uyg‘otadigan muammo sifatida vaqtning bexuda sarflanishi (30,1%) ko‘rsatilgan. Shuningdek, soxta axborot tarqalishi (18,6%), firibgarlik va shaxsiy ma’lumotlar sizdirilishi (13,2%), salomatlikka ta’sir (6,9%), oilaviy muloqot kamayishi (6,9%) hamda kiberbuling (4,2%) asosiy xavflar sirasiga kiradi. Retsedentlarning faqat 8,5 foizi tarmoqlarni mutlaqo bezarar deb hisoblaydi. «Yuksalish» mutaxassislari asosiy vazifa tarmoqlarni taqiqlash emas, balki ulardan tsivilizatsiyalashgan va xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish