So‘nggi:
Dushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindiJamiyatKongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdiDunyoFarg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladiJamiyatAndijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindiJamiyatToshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasiga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ochildiJamiyatO‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdiJamiyatAQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdiDunyoO‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash qoidalari kuchaytirildiIqtisodiyotO‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladiSiyosat

O‘zbekistonda suv taqchilligi darajasi o‘ta xavfli nuqtaga yetdi

O‘zbekistonda suv taqchilligi darajasi o‘ta xavfli nuqtaga yetdi

BMT hisobotiga ko‘ra, mamlakatda suv stressi 120 foizdan oshib ketgan. Bu tabiiy resurslarning tiklanishidan ko‘ra ko‘proq suv ishlatilayotganini anglatadi. Shu bilan birga, «yashil» energiya uchun investitsiyalar hajmi ortmoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi eng og‘ir darajada bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi e’lon qilgan hisobotda mamlakatdagi suv stressi ko‘rsatkichi 120 foizdan oshgani qayd etilgan. Bu shuni anglatadiki, respublika har yili tabiat tiklay oladigan miqdordan ancha ko‘p suv sarflamoqda. Asosiy suv zaxiralari qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilmoqda, biroq muzliklarning erishi va aholi sonining o‘sishi sug‘orish tizimlariga bosimni yanada kuchaytirmoqda.

Vaziyat faqat suv bilan cheklanib qolmayapti: mintaqada havoning ifloslanishi ham JSST me’yorlaridan uch baravar yuqori ekani aniqlangan. Shunga qaramay, O‘zbekiston ushbu ekologik tahdidlarga qarshi faol kurash boshlagan. Xususan, 2024-yilning o‘zida toza energiya loyihalariga 3 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritildi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi «yashil» o‘tish jarayonidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, kelajakda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi.