O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir chaqirish orqali yog‘ingarchilik miqdori oshiriladi

1 martdan O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘ishini rag‘batlantirish bo‘yicha pilot dastur boshlanadi. Tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan amalga oshiriladi va qurg‘oqchilik hamda suv resurslari yetishmovchiligi oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Loyihani muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Milliy ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Toshkent viloyati hokimiyatiga topshirilgan.

Birinchi bosqichda mutaxassislar xalqaro tajribalarni mamlakatimiz iqlim sharoitiga moslashtirishi kerak. Orienr sifatida Fransiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni tajribasi ko‘rilmoqda, u yerda shunday texnologiyalar qurg‘oqchilik davrlarida qo‘llanadi.

Yomg‘irni “kuchaytirish” rejasi

Asosiy vosita sifatida bulutlarni urug‘lantirish usuli tanlandi — bu dunyoda eng keng tarqalgan ob-havo modifikatsiyasi texnologiyalaridan biridir. Usul bulutlarda maxsus moddalarni — kumush yodid, quruq muz yoki tuz kristallarini sepishni nazarda tutadi. Reagentlarni etkazish aviatsiya, raketa o‘rnatmalari yoki yer usti generatorlari orqali amalga oshiriladi.

Sovutilgan bulutlarga tushgan zarralar kondensatsiya markazlariga aylanadi: ularning atrofida suv tomchilari tezroq shakllanib kattalashadi va keyin yog‘ingarchilik sifatida tushadi. Pilot faza doirasida 3–5 ta sinov rejalashtirilgan. Ularning o‘tkazilishi uchun mablag‘lar Ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladi.

Kimyoviy moddalarsiz alternativ yechimlar

Shuningdek, olimlar atmosferani ionizatsiya qilish va lazer o‘rnatmalari imkoniyatlarini ham tahlil qilmoqda. Ionizatsion tizimlar bulutlardagi suv tomchilarini birlashtiruvchi salbiy zaryadli zarralar oqimini hosil qiladi. Bunday yondashuv ekologik jihatdan qulayroq hisoblanadi, chunki kimyoviy moddalarni ishlatishni kamaytirishga yordam beradi.

Texnologiyalarni joriy etish natijasida tabiiy yog‘ingarchilik hajmi 10–20% ga oshishi kutilmoqda. Qurg‘oqchilik kuchayib, suv resurslariga yuk ortayotgan sharoitda, bu chora agrar sektorni barqarorlashtirish va hududlarni suv bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha vosita bo‘lishi kutilmoqda.