Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda rieltorlar faoliyati cheklanadi va ular imtihon topshirishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda rieltorlar faoliyati cheklanadi va ular imtihon topshirishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 7-noyabrdan kuchga kiradigan qoidaga ko‘ra, rieltorlar maxsus imtihon topshirib, sertifikat olishlari shart.

O‘zbekistonda «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi hamda u 2026-yilning 7-noyabr kuni rasman kuchga kiradi. Yangi hujjat ko‘chmas mulk bozorida faoliyat yuritayotgan mutassislar va agentliklar uchun qator qat’iy talablarni joriy etadi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) rieltorlik sohasi bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Qonunchilikdagi asosiy o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentlari majburiy tartibda maxsus o‘quv kurslarini o‘tashlari, imtihon topshirishlari hamda malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari shart. Ushbu sertifikatlar professional jamoat birlashmalari tomonidan beriladi. Hozirda bozorda ishlayotgan ko‘plab mutaxassislar kasbiy ta’limga ega emasligi hamda faqat e’lon joylashtirish va vositachilik haqi olish bilan cheklanib qolayotgani sababli, yangi tartib sohadagi malakasiz shaxslar faoliyatini cheklaydi.

Rieltorlik tashkilotlari hamda agentlar faqat Yagona reyestrga kiritilgan sanadan e’tiboran rasman ish olib borish huquqiga ega bo‘lishadi. Ushbu reyestrda rieltorlar, agentliklar hamda ularning faoliyati haqida barcha ma’lumotlar ochiq joylashtiriladi.

Qonunda rieltorlik xizmatlarining asosiy turlari ham aniq belgilab berildi: ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha bitimlar tuzishda vositachilik qilish, ko‘chmas mulk ob’yektlari va huquqlari savdosini tashkil etish, ko‘chmas mulk ob’yektlarini ishonchli boshqarish hamda ko‘chmas mulk bozorida axborot, konsalting va reklama xizmatlarini ko‘rsatish.

Bundan tashqari, shoshilinch shartnomalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tartibga soluvchi yangi «Yagona darcha» tizimi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish