O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi

O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni bilan O‘zbekistonda qurilish va uy-joy sohasida davlat xizmatlari tubdan soddalashtirilmoqda. 1-iyuldan “bitta ariza — barcha ulanish nuqtalari” tizimi joriy etiladi.

“Bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi qurilayotgan obyektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya va b.) ulash kompozit shaklda — “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tadbirkorlar endi har bir tarmoq tashkilotiga alohida ariza berib yurmaydi.

Ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash uchun kommunal tashkilotlarning mavjud yuklamalari, zaxiralari va ulanish nuqtalari haqidagi ma’lumotlari geografik axbororat tizimi (GIS) shaklida “Raqamli hukumat” platformasiga integratsiya qilinadi. Bu jarayon Toshkent shahrida 2026-yil yakunigacha, viloyatlarda esa 2027-yil yakunigacha tugatiladi. Bosh rejasi raqamlashtirilgan aholi punktlarida texnik shartlar berish to‘liq inson omilisiz amalga oshiriladi.

Arxitektura va shaharsozlik talabi — yagona xizmat 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bir nechta davlat xizmatlari, jumladan:

  • Bino-inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish;

  • Qayta qurish va rekonstruksiya qilish;

  • O‘z hududida qo‘shimcha bino-inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;

  • Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqish xizmatlari birlashtiriladi.

Ularning o‘rniga respublika bo‘ylab yagona davlat xizmati — arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, qurilish xizmatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlarga qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.

Qurilish nazorati: SI, kameralar va raqamli hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2026-yil 1-sentabrdan majburiy ijro hujjatlarini to‘liq raqamlashtiradi va ularni qog‘oz shaklida talab qilishni taqiqlaydi. Qurilishga ruxsat berish va obyektni foydalanishga qabul qilish arizalari sun’iy intellekt (SI) orqali tahlil qilinadi.

Shuningdek, 1-sentabrdan boshlab quyidagi yangi qurilishlarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi:

  • Tadbirkorlar qurayotgan ko‘p kvartirali uylar;

  • III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obyektlarida;

  • Budjet hisobidan qurilayotgan, qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarda.

Bojxona imtiyozlari va boshqa yangiliklar Pudrat va loyiha tashkilotlari qurilish jarayonlarini tezlashtirish uchun 2029-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika vositalari, laboratoriya va instrumental ko‘rik asbob-uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etildi. Bundan tashqari, lizingga olingan texnikalar ham “Shaffof qurilish” tizimida pudratchining reytingini belgilashda inobatga olinadigan bo‘ldi.

Vazirlik huzurida sohadagi narxlarni raqamlashtirish va bozorni tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi yangi tuzilma — Shaharsozlik sohasida iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish respublika markazi tashkil etildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish