O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadi

O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ish haqi va stajni hisoblashning geopolitical yangi qoidalari tufayli nafaqalar 8 foizgacha oshishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya miqdorini hisoblash tartibini takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiya miqdori oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun olingan ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Bundan tashqari, hisob-kitobda oylik ish haqining 6 million so‘mdan ortiq bo‘lgan qismi inobatga olinmaydi. Bu qoida ayrim hollarda fuqarolarning o‘rtacha pensiya miqdori pasayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli mas’ullar pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini 5 yildan 20 yilga uzaytirishni hamda kam daromadli alohida davrlarni hisob-kitobdan chiqarib tashlashni taklif qilmoqda. Shuningdek, 2027-yildan boshlab hisobga olinadigan ish haqining yuqori chegarasini amaldagi 6 million so‘mdan 6,6 million so‘mga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi tartib yangi nafaqaga chiquvchi fuqarolarning pensiya miqdorini o‘rtacha 8 foizga oshirishi mumkin.

Davlat rahbarining topshiriqlari: Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimidagi o‘zgarishlar millionlab insonlar hayotiga daxldor ekanini aytib, har bir taklifning ijtimoiy-iatisodiy samarasini puxta hisoblash zarurligini bildirdi. Mutasaddilarga ushbu masalalarni aholi va OAV ishtirokida ochiq muhokama qilish hamda xorijiy tajriba asosida xususiy va korporativ pensiya tizimlarini yaratish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Ta’kidlash joizki, prezident matbuot xizmati xabarida pensiya yoshini oshirishga oid takliflar tilga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda joriy yilning 1-iyulidan boshlab pensiya va nafaqalar miqdori oshirilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish