So‘nggi:
Surxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdiJamiyatO‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandiJamiyatYanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minotJamiyatFarg‘onada 41 nafar qizni yashirincha o‘qitgan noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildiJamiyatTatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdiJamiyatAQShda yuz minglab ajnabiylarning vizalari bekor qilindiDunyoO‘zbekistonda yetti oyda 146 kishi mehnatdagi baxtsiz hodisalar qurboni bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun elektr energiyasining avans to‘lovi 50 foizga tushirilishi kutilmoqdaIqtisodiyotNijnekamskdagi PUA hujumida halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borJamiyatO‘zbekistonda haydovchisiz taksilar ishga tushirilishi mumkinJamiyat

O‘zbekistonda haydovchisiz taksilar ishga tushirilishi mumkin

O‘zbekistonda haydovchisiz taksilar ishga tushirilishi mumkin

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida (Enterprise Uzbekistan) haydovchisiz taksilarni ishga tushirish hamda sinovdan o‘tkazish soddalashtiriladi. Senatda «regulyatorlik pesochnitsasi» va IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Bu haqda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (Enterprise Uzbekistan) raisi o‘rinbosari Elyor Maksudov Senatning plenar majlisida ma’lum qildi.

Senat a’zolari «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun muhokamasi chog‘ida hujjatda nazarda tutilgan «tartibga solish maydonchasi» (regulyatorlik pesochnitsasi) mexanizmiga alohida e’tibor qaratishdi. Ushbu mexanizm markaz qatnashchilarini qonunchilikning ayrim qat’iy talablaridan vaqtincha ozod qilish, litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, zamonaviy infratuzilma, ilmiy laboratoriyalar va ekspert konsultatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini ta’minlaydi.

Senat a’zosi Husan Ermatovning qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari haqidagi savoliga javob berar ekan, Elyor Maksudov ushbu preferensiyalar birinchi navbatda moliyaviy imtiyozlar yoki iqtisodiy dotatsiyalarga emas, balki innovatsiyalarni joriy etishdagi byurokratik g‘ovlarni olib tashlashga qaratilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimning eng yaqqol amaliy misoli haydovchisiz taksilarni ishga tushirish va avtomobillarni test qilish loyihalaridir. Yangi huquqiy rejim mahalliy va xalqaro texnologik kompaniyalarga sun’iy intellekt va avtonom boshqaruv tizimlarini O‘zbekiston hududida ortiqcha ma’muriy to‘siqlarsiz sinovdan o‘tkazish hamda kelgusida tayyor yechimlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish imkonini beradi.

Majlisda, shuningdek, yangi rejimning mamlakatdagi boshqa IT-kompaniyalarga ta’siri masalasi ham ko‘rib chiqildi. Senat a’zosi Dilbar Suvonova xalqaro markazning alohida maqomi oddiy qonunchilik asosida ishlayotgan mahalliy korxonalar va kichik startaplar uchun teng raqobat sharoitlarini buzmasligi bo‘yicha xavotir bildirdi.

Enterprise Uzbekistan vakili qonunchilikda mahalliy IT-kompaniyalarning markaz a’zosi bo‘lishi uchun hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmaganini tushuntirdi. Qonunning 22-moddasida rezidentlik talablari hammaga birdek amal qiladi. Bundan tashqari, xalqaro markazga kirmagan yoki hali xalqaro darajaga chiqishga tayyor bo‘lmagan kichik startaplar IT Park dasturlari orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. IT Park rezidentlari uchun imtiyozlar va qulay sharoitlar 2040-yilgacha uzaytirilgani tufayli, mahalliy ishlab chiquvchilar o‘z biznesini rivojlantirib, kelgusida Enterprise Uzbekistan ishtirokchisiga aylanishlari mumkin bo‘ladi.