O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Jazirama issiq sababli 13-iyul kuni O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste’moli 278,6 mln kВт•soatga yetib, o‘tgan yilgi yozgi rekordni yangiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘ta issiq ob-havo sharoitida respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli hajmi 278,6 million kVt•soatga yetdi. Bu o‘tgan yozgi mavsumda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 6 million kVt•soatga yoki 2,2 foizga ko‘pdir.

Avvalgi yozgi rekord 2025-yil 18-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda respublikada elektr energiyasining sutkalik iste’moli 272,6 million kVt•soatni tashkil etgandi. O‘sha kuni havo harorati markaziy hududlarda 40 darajagacha, cho‘lli hududlarda esa 42–44 darajagacha ko‘tarilgan edi. 13-iyulda sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa 281,5 million kVt•soatni tashkil qildi.

Havo haroratining yuqori darajada saqlanib qolishi munosabati bilan yaqin kunlarda iste’mol bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilishi va tizimga yuklama yanada ortishi kutilmoqda. Shu sababli energetika korxonalarida kuchaytirilgan ish rejimi joriy etilib, maxsus avariya-ta’mirlash brigadalari navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi. Tarmoqlardagi yuqori yuklama sababli ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Energetika vazirligi barcha iste’molchilardan elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni, ayniqsa, tarmoqqa yuklama eng yuqori bo‘lgan soatlarda zarurat bo‘lmagan elektr jihozlarini o‘chirib turishni so‘radi.