Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda biznesga 3 oygacha litsenziyasiz ishlashga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda biznesga 3 oygacha litsenziyasiz ishlashga ruxsat berilishi kutilmoqda

Senat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va litsenziyasiz ishlash rejimini joriy etishga qaratilgan ikki muhim qonun loyihasini ma’qulladi. Endi biznesga yangi cheklovlar faqat muhokamadan so‘ng kiritiladi.

Qabul qilingan hujjatlardan biri mamlakatda «litsenziyasiz biznes yuritish» rejimini huquqiy institut sifatida mustahkamlaydi. Bu orqali tadbirkorlar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab qilinadigan ayrim sohalarda vakolatli organni xabardor qilish yo‘li bilan faoliyatini boshlashlari mumkin bo‘ladi. Maxsus rejim 3 oygacha litsenziyasiz va ruxsatnomalarsiz ishlash huquqini beradi. Bu vaqt ichida kompaniyalar o‘z loyihalarining iqtisodiy samaradorligini test rejimida sinab ko‘rishlari hamda faoliyatlarini rasmiy litsenziya talablariga moslashtirish uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lishadi.

Ikkinchi qonun esa tadbirkorlik erkinligi kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Endilikda biznesga yangi majburiyatlar, taqiqlar yoki cheklovlar yuklaydigan har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihalari albatta tadbirkorlar va ularning birlashmalari ishtirokida muhokama qilinishi shart bo‘ladi. Shuningdek, majburiy talablar reyestriga kiritilmagan qoidalarni bajarmagani uchun biznesni javobgarlikka tortish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari cheklanadi, moliyaviy jarimalarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi hamda biznes uchun imtiyozlar va preferensiyalarning maxsus reyestri yaratiladi. Qonun loyihalari bilan «yashil» texnologiyalar, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy tadbirkorlikni davlat grantlari hamda subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash tartiblari ham takomillashtirilmoqda.