So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqda

Sport vazirligi va O‘FA vakillari «Barselona» rahbariyati bilan Barca Academy loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda «La Masiya» metodikasi va murabbiylar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu masala bo‘yicha onlayn-muzokaralarni sport vaziri Adham Ikramov o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek quyidagilar ishtirok etdi:

  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov;

  • «Barselona» klubi rahbariyati vakili Sesar Martines;

  • Barca Innovation Hub bosh direktori Albert Mundet.

Tomonlar mamlakatda bolalar va o‘smirlar futbolini tizimli rivojlantirish, yosh o‘yinchilarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash hamda zamonaviy futbol metodologiyasini joriy etishga qaratilgan loyihani yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildilar.

Muzokaralar davomida Kataloniya klubining ta’lim tizimi, «Barselona»ning mashhur «La Masiya» (La Masia) maktabi metodikasi, o‘zbekistonlik murabbiylar malakasini oshirish hamda iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy «Barsa akademiyasi» 2023-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida o‘z faoliyatini boshlagan edi. Hozirda qo‘shni davlatda ikkinchi akademiyani Bishkek shahrida tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.