Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandi

O‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandi

O‘zbekiston hududlarida 10-sentagracha avtomobillarning ishlangan gazlaridagi zararli moddalar miqdori tekshiriladi. Toshkentda ushbu aksiya 10-sentabrdan 10-oktabrgacha o‘tkaziladi. Me’yordan oshgan haydovchilar jarimaga tortiladi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida avtotransport vositalari ajratayotgan chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalar miqdorini aniqlash bo‘yicha bir oylik reyd tadbirlariga start berildi. Kampaniya 10-sentabrga qadar davom etadi.

Toshkent shahri uchun alohida muddat belgilandi. Poytaxtda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ushbu tekshiruvlar 10-sentabrdan 10-oktabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nazorat tadbirlari faqat YPX maskanlarida emas, balki shahar ko‘chalari hamda avtotransport korxonalarining kirish-chiqish joylarida ham tashkil etiladi. Mutaxassislar maxsus o‘lchov uskunalaridan foydalangan holda avtomobil dumlari ajratayotgan gazlar tarkibini ko‘rikdan o‘tkazadi.

Agar transport vositasi ajratayotgan tutun va zararli moddalar belgilangan davlat standartlaridan yuqori ekani aniqlansa, avtomobildan foydalanish nosozliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha taqiqlanishi mumkin. Me’yorlarni qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish