So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

O‘zbekistonda avtomobil bosgan masofani yashirganlik uchun jarima joriy etiladi

O‘zbekistonda avtomobil bosgan masofani yashirganlik uchun jarima joriy etiladi

Senat avtomobil odometri ko‘rsatkichlarini soxtalashtirganlik uchun BHMning 15 baravarigacha jarima solishni ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

Parlament yuqori palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, avtomobil bozoridagi firbakarlik holatlarining oldini olish maqsadida kodeks yangi 178-2-modda bilan to‘ldirilmoqda. Ushbu moddaga muvofiq, transport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki almashtirilgani haqida xaridorga ma’lum qilmaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Senatorlar mazkur normaning kiritilishi iste’molchilarning tovar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish huquqini ta’minlash hamda ikkilamchi bozordagi insofsiz amaliyotlarga chek qo‘yishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Ushbu qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilangan.

Bundan tashqari, ma’qullangan qonun loyihasi bilan transport vositasini boshqarish yoki ov qilish huquqidan mahrum qilish muddatini muddatidan ilgari qisqartirish tartibi ham takomillashtirilmoqda. Endilikda mazkur masala faqat sud organlari tomonidan, aniq belgilangan mezonlar va shartlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Agarda huquqbuzar muqaddam ushbu imtiyozdan foydalangan bo‘lsa yoki jazo muddati davomida takroran huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, unga nisbatan jazoni yengillashtirish choralari mutlaqo qo‘llanilmaydi.