So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda anomal issiq sababli poyezdlar harakati tezligi cheklanadi

O‘zbekistonda anomal issiq sababli poyezdlar harakati tezligi cheklanadi

Anomal issiq ob-havo tufayli Temiryo‘lekspress ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar tezligini cheklaydi. Ayrim poyezdlar manzilga kechikib kelishi mumkin.

Ushbu qaror yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, poyezdlar harakati ishonchliligini saqlash hamda jazirama issiqda temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Tezlikning cheklanishi munosabati bilan ayrim poyezdlar o‘z manzillariga jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kechikib kelishi mumkin. Kompaniya yo‘lovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab, cheklovlar birinchi navbatda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda kuzatilayotgan ekstremal issiq va energetika tizimiga tushayotgan yuklamalar fonida bundan avval ham bir qator jiddiy cheklovlar joriy etilgan edi. Chunonchi, 16-iyuldan boshlab Toshkent viloyatida barcha davlat, xususiy va idoraviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘liq to‘xtatildi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga kunning eng issiq vaqtida, ya’ni soat 11:00 dan 16:00 gacha xodimlarning ochiq havoda ishlashini cheklash yoki to‘xtatishni tavsiya qildi. Ekologiya qo‘mitasi esa aholi va mas’ul tashkilotlarni anomal jazirama davrida daraxtlar va yashil maydonlarni asrash uchun qo‘shimcha sug‘orish choralarini ko‘rishga chaqirdi.