В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladi

2026-yil 3-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Kredit va subsidiyalar berish tartibi o‘zgaradi, 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda kredit, subsidiyalar hamda kompensatsiyalar ajratish shartlarini belgilash tartibi tubdan o‘zgartirilmoqda. Endilikda ushbu moliyaviy mexanizmlarni prezident farmon va qarorlari bilan qat’iy belgilash amaliyotidan voz kechiladi.

3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sohadagi yangi islohotlarni e’lon qildi.

Moliyalashtirish mexanizmlari va hokim yordamchilari faoliyati

Yangi tartibga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda hududlarning salohiyati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirish shartlarini har chorakda yangilab boradi.

Shu bilan birga, mahalla darajasida ishlayotgan hokim yordamchilarining faoliyati loyiha tamoyili asosida qayta tashkil etiladi:

  • Qayta baholash va kadrlar almashinuvi: Mamlakatdagi barcha 8992 nafar hokim yordamchisi vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Ularning faoliyati atroflicha baholangach, tashabbuskor va natija ko‘rsatgan xodimlar o‘z lavozimiga qayta tayinlanadi, talabga javob bermaydiganlari esa almashtiriladi.

  • Xorijiy mutassislar va malaka oshirish: Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus o‘quv markazi tashkil etiladi. Yil yakunlari bo‘yicha har bir tumandan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 nafardan hokim yordamchisi Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboriladi.

  • Rag‘batlantirish: Eng natijador hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama haq to‘lanadi. Ushbu yondashuv «mahalla bankirlari»ga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bosh prokuraturaga hokim yordamchilari va bankirlarning mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish topshirildi.

Infratuzilma loyihalarini tumanlar darajasiga o‘tkazish

Yig‘ilishda tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish tizimi ham isloh qilinishi ma’lum qilindi. Bugungi kunga qadar ushbu masalalarning aksariyati viloyat darajasida hal etilgani sababli jarayonlar ortiqcha cho‘zilib ketayotgan edi.

Endilikda buyurtmachi vazifasi va ajratiladigan mablag‘lar bevosita tumanlarga o‘tkaziladi. «Og‘ir» mahallalarda ish o‘rinlari yaratish uchun respublika Byudjetidan mahalliy moliyalashtirish hajmidan 2-3 baravar ko‘p qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi belgilandi. Tuman shtablari loyihalash va qurilish ishlarini xususiy sektorga topshirish huquqiga ega bo‘ladi