В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindi

O‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindi

IIV kollegiyasida 2026-yilning birinchi yarmidagi faoliyat yakunlari ko‘rib chiqildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafar IIB rahbari va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida organlarning 2026-yilning dastlabki olti oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kollegiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hududlardagi kriminogen vaziyat, xizmat intizomi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarining 6 nafar boshlig‘i, jamoat xavfsizligiga mas’ul 2 nafar o‘rinbosar hamda viloyat IIBlarining 2 nafar mas’ul rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yana 7 nafar rahbar intizomiy jazoga tortildi, 3 nafarining esa keyingi faoliyati maqsadga muvofiqligi masalasi ko‘rib chiqildi.

Hisobot davrida mamlakatdagi 5 778 ta (64%) mahallada birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, ammo 476 ta mahalla hali ham «qizil» toifada qolmoqda. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 87 foizi fosh etildi, jinoyatlarni tashabbus bilan aniqlash ko‘rsatkichi esa 31,4 foizga yaxshilandi. Natijada fuqarolarga yetkazilgan 1 trillion 365 milliard so‘mlik moddiy zarar qoplab berildi.

Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 5 010 nafar shaxs ushlandi hamda bebdarak yo‘qolgan 2 616 kishining joyi aniqlandi. Jinoyatlarning oldini olishda eng yuqori natija ko‘rsatgan Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari IIBlar rag‘batlantirishga tavsiya etildi.