So‘nggi:
Farg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosatUrgut tumani prokurori o‘rinbosari poraxo‘rlik ustida ushlanib, qamoqqa olindiJamiyat

O‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandi

O‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandi

Toshkent investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat yerosti boyliklari 3 trln dollarga baholanishini aytdi va investorlar uchun ochiq raqamli baza yaratilishini bildirdi.

Ushbu ulkan salohiyatni xorijiy sarmoyadorlarga namoyish etish maqsadida mamlakatda geologiya ma’lumotlarining ochiq raqamli bazasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, auksion savdolariga chiqariladigan foydali qazilma konlari soni to‘rt barobarga ko‘paytiriladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini rivojlantirish uchun Toshkent va Samarqandda tashkil etilayotgan «Kelajak metallari» texnoparklariga chet el investitsiyalari faol jalb etiladi.

Shuningdek, forum doirasida investorlarga umumiy qiymati 20 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan istiqbolli loyihalar portfeli taklif etildi. Ushbu sarmoyalar mashinasozlik, robototexnika, elektrotehnika, qurilish materiallari, farmatsevtika hamda yengil sanoat kabi ustuvor yo‘nalishlarda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.