Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosatO‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston UzAuto Motors’ni ochiq tender orqali xususiylashtirmoqdaJamiyatAlisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildiJamiyatToshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyat

O‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun ochiqlik reytingida 52-o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari pasporti esa harakatchanlik indeksida 132-pog‘onadan joy oldi.

Bugungi kunda 96 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishlari, vizani yetib kelgach rasmiylashtirishlari yoki elektron ruxsatnomadan foydalanishlari mumkin. Biroq O‘zbekiston fuqarolarining xalqaro harakatchanlik ko‘rsatkichida pasport indeksi 2026-yilda 132-o‘rinni egallab, dunyoning 69 ta mamlakatiga soddalashtirilgan tartibda borish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistonliklar uchun 28 ta yo‘nalishda to‘liq vizasiz rejim amal qiladi, 38 ta davlatda viza kelgach beriladi, 3 ta mamlakatda (Kot-d’Ivuar, Keniya va Seyshel orollari) esa eTA elektron ruxsatnoma tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, 129 ta yo‘nalishga (jami ko‘rib chiqilgan mamlakatlarning 65,2 foizi) borish uchun O‘zbekiston fuqarolari oldindan viza rasmiylashtirishlari shart. Sayohat uchun eng ochiq mintaqa Markaziy Osiyo bo‘lib qolmoqda, bu yerda vizasiz rejim yo‘nalishlarning 75 foizini qamrab oladi.

Keyingi o‘rinlarni Fors ko‘rfazi mamlakatlari (66,7%), Osiyo (59,2%) va Yaqin Sharq (58,8%) egallaydi. Eng qat’iy cheklovlar Yevropada saqlanib qolmoqda — 47 ta yevropa yo‘nalishidan faqat 5 tasi (10,6%) va Janubiy Amerikada (16,7%) soddalashtirilgan tartib mavjud.

O‘zbekistonliklar uchun ommabop vizasiz yo‘nalishlar qatoriga BAA va Xitoy (30 kungacha), Turkiya va Rossiya (90 kungacha) hamda Gruziya (360 kungacha) kiradi. Malayziya, Tailand va Surinam kabi bir qator mamlakatlarga kirishda qo‘shimcha ravishda yetib kelish kartalari to‘ldirilishi talab etiladi. Viza kelgach rasmiylashtiriladigan mamlakatlar qatoridan esa Saudiya Arabistoni, Vyetnam, Nepal, Indoneziya va Kambodj kabi davlatlar joy olgan.