O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda strategik sheriklik hamda tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga o‘sganini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefon orqali muloqot qify, unda ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Davlat rahbarlari parlamentlararo aloqalarning hozirgi holatiga yuqori baho berib, ishbilarmon doiralar hamda madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar juda samarali kechayotganini qayd etdilar.

Prezidentlar muvaffaqiyatli iqtisodiy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga ko‘payganini alohida e’tirof etdilar. Tomonlar energetika sektori, sanoat, transport infratuzilmasi va boshqa ustuvor tarmoqlarni qamrab olgan yirik qo‘shma kooperatsiya loyihalari faol tarzda hayotga tatbiq etilayotganini tasdiqlashdi.

Ushbu tashabbuslarning aksariyati ikki mamlakat hududlari darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham kelishib oldilar.