Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyat

O‘zbekiston ukrainalik bolalar uchun sog‘lomlashtirish dasturini davom ettiradi

O‘zbekiston 100 dan ortiq ukrainalik bolani sog‘lomlashtirish uchun qabul qiladi. Toshkentdagi uchrashuvda Transkaspiy yo‘lagi orqali savdo qilish kelishib olindi.

O‘zbekiston va Ukraina tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar gumanitar hamkorlikning yangi bosqichini belgilab berdi. Tashrif doirasida joriy yilda ukrainalik 100 dan ziyod bolani mamlakatimizning dam olish maskanlarida sog‘lomlashtirish masalasi hal qilindi. Ukraina tomoni O‘zbekistonning ushbu xayrli tashabbusi va gumanitar ko‘magi uchun minnatdorlik bildirib, buni ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida baholadi.

Iqtisodiy sohada tomonlar savdo aylanmasini oshirish uchun Transkaspiy yo‘nalishidan kengroq foydalanishga kelishib oldilar. Ushbu yo‘lak mintaqaviy logistika muammolarini chetlab o‘tib, mahsulot yetkazib berishning xavfsiz va tezkor zanjirini yaratish imkonini beradi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro shartnomaviy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish va birodarlashgan shaharlar formatidagi hududlararo aloqalarni jadallashtirish niyatida ekanliklarini tasdiqladilar.

Muloqot davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik almashinuvlarni tiklash va qo‘shma ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Aleksandr Mishchenko boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning Ukraina suvereniteti borasidagi qat’iy pozitsiyasini yuksak e’tirof etdi. Tashrif so‘ngida Toshkentdagi Taras Shevchenko haykali poyida xotira tadbiri o‘tkazilib, madaniy hamkorlikning ahamiyati yana bir bor qayd etildi.