O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston Shvetsiya parlamentida repatriatsiya va reintergratsiya tajribasini taqdim etdi

O‘zbekiston Shvetsiya parlamentida repatriatsiya va reintergratsiya tajribasini taqdim etdi

Shvetsiya parlamentida O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurash tajribasi muhokama qilindi. «Mehr» operatsiyasi radikallashuvga qarshi samarali model sifatida e’tirof etildi.

Stokgolmda joylashgan Shvetsiya parlamenti — Riksdagda O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik va ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi tajribasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. «Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, tadbirda asosiy e’tibor «Mehr» operatsiyasi doirasida qurolli to‘qnashuvlar hududlaridan qaytarilgan fuqarolarni tinch hayotga moslashtirish jarayonlariga qaratildi. O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro ekspertlarga radikallashuvga qarshi kurashning o‘ziga xos modeli — «jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyilini namoyish etdi.

«Mehr» operatsiyasi doirasida Suriya va Iroq kabi nizoli hududlardan qaytarilganlarning mutlaq ko‘pchiligi ayollar va bolalarni tashkil etadi. Tadbirda sobiq jangari bo‘lgan va davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam natijasida to‘g‘ri yo‘lga qaytgan o‘zbekistonlik fuqaroning shaxsan so‘zga chiqqani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston hukumati pozitsiyasiga ko‘ra, adashgan fuqarolarga jazo choralaridan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy ko‘mak, psixologik yordam va diniy ma’rifat berish orqali ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish afzal ko‘riladi.

Shvetsiya parlamenti va TIV rasmiylari, xususan, «Shvetsiya–Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi rahbari Byorn Syoder O‘zbekistonning ushbu tajribasini yuqori baholadi. Shvetsiya TIVning dinlararo muloqot bo‘yicha maxsus vakili Kristian Kamil «Mehr» operatsiyasini radikallashuv ildizlariga berilgan kuchli zarba deb atadi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov va shvetsiyalik diniy arboblar o‘rtasidagi muloqotda Markaziy Osiyodagi yagona Fatvo markazi faoliyati hamda Toshkentda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi taqdim etildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish