So‘nggi:
Angrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistondagi ilk pul yo‘l kelasi oyda foydalanishga topshiriladiJamiyatToshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyat

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari G‘alabaning 81 yilligi tantanalarida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirishi hamda Qizil maydondagi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur tashrif ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar uchun kutilmagan hol bo‘ldi, chunki avvalroq diplomatik doiralarda va OAVda Markaziy Osiyo yetakchilari bu yilgi tantanalarga bormasliklari haqida taxminlar tarqalgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarning kechikib e’lon qilingani safarning bekor qilinishi

⚡ ПОСМОТРЕТЬ

borasidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirgan edi. Shunga qaramay, Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi ishtiroki O‘zbekistonning urush yillaridagi umumiy qahramonlikka nisbatan hurmatini va xalqaro siyosatdagi muvozanatli yondashuvini ko‘rsatmoqda.