Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh oldidan Niderlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh oldidan Niderlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkda Niderlandiya bilan o‘ynaydi. JCh-2026 oldidan Kannavaro shogirdlari tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Mazkur uchrashuv joriy yilning 8-iyun kuni Nyu-Yorkdagi «Isahn» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi va bu bahs jamoamiz uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘taydi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak mundialning «K» guruhidan joy olgan bo‘lib, u yerda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo bilan kuch sinashadi. Niderlandiya esa Yaponiya, Shvetsiya va Tunis bilan birgalikda «G» guruhida kurash olib boradi.

Shuningdek, Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz Niderlandiya bilan o‘yindan avval 1-iyun kuni musobaqa mezbonlaridan biri — Kanada terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvlar futbolchilarimizning xalqaro maydondagi tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish