So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi kechgan debyut o‘yini «Asteka» stadionida 80 mingdan ortiq muxlisni jamladi va ochilish o‘yini bilan birga 1-tur rekordini o‘rnatdi.

Mexikodagi mashhur va tarixiy «Asteka» o‘yingohida o‘tkazilgan mazkur o‘yinni tomosha qilish uchun jami 80 824 nafar ishqiboz tashrif buyurdi.

Ushbu ko‘rsatkich evaziga O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv turnirning ochilish marosimidan keyin o‘tgan Meksika hamda JAR termalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bilan bir xil natija qayd etdi va 1-turning eng yuqori ko‘rsatkichiga ega bahsi sifatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Birinchi haftaning eng ko‘p tomoshabin yig‘gan beshta markaziy o‘yinlari ro‘yxatidan, shuningdek, Braziliya — Marokash (80 663 tomoshabin) va Fransiya — Senegal (80 545 tomoshabin) to‘qnashuvlari ham joy oldi.

Kuchli beshlikni 70 492 nafar ishqiboz ko‘z o‘ngida o‘tgan AQSH va Paragvay jamoalarining uchrashuvi yakunlab berdi. Bundan tashqari, Angliya va Xorvatiya termalari o‘yinini 70 389 nafar, Portugaliya hamda Kongo DR bahsini esa 68 777 nafar muxlis bevosita o‘yingohning o‘zidan kuzatgani ma’lum qilindi.