So‘nggi:
Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi | Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi | Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda | O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlarini raqamli nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda | Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda | Toshkent yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 14 milliard so‘m sarflaydi | Putin Yevropaga qarshi urush boshlashga tayyorlanmoqda | Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi | O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi | Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi |

O‘zbekiston ilk bor kosmik parvoz uchun nomzod tanlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston o‘zining birinchi kosmonavtini tanlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekkosmos» agentligi direktor o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tanlov jarayoni ko‘p bosqichli va yetarlicha qat’iy bo‘ladi. Nomzodlar yuqori professional talablarga javob berishi, shuningdek qator psixofiziologik mezonlar bo‘yicha saralovdan o‘tishi kerak — tibbiy ko‘rsatkichlardan tortib psixologik barqarorlik va hatto til bilish darajasigacha. «Xalqaro standartlar koinotga parvoz qiladigan shaxslarga nihoyatda jiddiy talablar qo‘yadi», — dedi Ibragimov.

Saralashni tashkil etish uchun bo‘lajak kosmonavt tayyorgarligining barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradigan maxsus davlat komissiyasi tuziladi.

Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik kosmonavt orbitada aynan qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi ham muhokama qilinmoqda. Parvoz faqat ramziy hodisa sifatida ko‘rilmayapti — to‘liq ilmiy missiya rejalashtirilgan. Xalqaro kosmik stansiyada kosmonavt aniq ilmiy dastur amalga oshirishi uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik nazarda tutilgan.

Ehtimoliy tadqiqotlar orasida tibbiyot va biologiya yo‘nalishlari mavjud: masofaviy diagnostika hamda vaznsizlik sharoitida mahalliy dori ekstraktlarining samaradorligini o‘rganish. Shuningdek, o‘simliklar bilan bog‘liq genetik tajribalar — qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish, yopiq agrobiotizimlarni modellashtirish rejalashtirilmoqda. Muhim yo‘nalishlardan yana biri — materiallar va matolar: turli tolalarning kosmik sharoitda issiqlikni to‘plash va tarqatish xususiyatini sinovdan o‘tkazish.

Parvozning taxminiy davomiyligi 10 kundan 14 kungacha bo‘lib, Xalqaro kosmik stansiya bortida qisqa muddatli missiya sifatida rejalashtirilmoqda.

Hozircha ochiq milliy tanlov e’lon qilinib, har bir fuqaro ariza topshirishi mumkin bo‘ladimi yoki kosmonavt tanlovi avvaldan saralangan nomzodlar bilan cheklanadimi — aniq emas. Har qanday holatda ham loyiha ulkan va ramziy ahamiyatga ega tashabbus sifatida baholanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston koinotni o‘zlashtirish yo‘lida qat’iy qadam tashlamoqda.